Ommaviy oferta

Oxirgi tahrir: 2026-10-03

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu hujjat Bo'riyev Xurshidbek O'ktamjonovich (yakka tartibdagi tadbirkor, STIR 519801773, keyingi o'rinlarda — «Ijrochi») tomonidan Darsona (darsona.uz) platformasi orqali xizmat ko'rsatish bo'yicha ommaviy oferta (taklif) hisoblanadi.

1.2. Obuna uchun to'lovni amalga oshirish ushbu oferta shartlarini to'liq va so'zsiz qabul qilish (aksept) hisoblanadi. To'lovni amalga oshirgan shaxs keyingi o'rinlarda «Buyurtmachi» deb ataladi.

1.3. Oferta O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuzilgan.

2. Atamalar

Platforma — Darsona (darsona.uz) veb-sayti va undagi o'quv materiallari (ma'ruzalar, taqdimotlar, yechilgan masalalar, ish varaqalari) hamda test topshiriqlari.

O'quvchi — platformadan o'qituvchi tomonidan yaratilgan hisob orqali foydalanuvchi shaxs.

Ota-ona — o'quvchining qonuniy vakili; platformada o'quvchiga bog'langan hisobga ega va obuna uchun to'lovni amalga oshiradi.

Obuna — tanlangan tarif muddati davomida o'quvchiga platformadan foydalanish huquqi.

3. Shartnoma predmeti

3.1. Ijrochi o'quvchiga obuna muddati davomida platformadan foydalanish imkonini beradi: o'qituvchi ochib bergan mavzular materiallari, test topshiriqlari va ularning natijalari, o'qituvchi bilan xabar almashish.

3.2. Qaysi mavzular ochilishi va qanday topshiriqlar berilishini o'quvchining o'qituvchisi belgilaydi.

4. Narx va to'lov tartibi

4.1. Tariflar va narxlar «Narxlar» sahifasida e'lon qilinadi. Ijrochi narxlarni o'zgartirishi mumkin; o'zgarish allaqachon to'langan obunaga ta'sir qilmaydi.

4.2. To'lov ota-onaning platformadagi hisobi orqali Payme yoki Click to'lov tizimlari yordamida, yoki Ijrochiga naqd pul bilan amalga oshiriladi.

4.3. Yangi o'quvchiga 7 kun bepul foydalanish muddati beriladi. To'langan obuna muddati joriy (shu jumladan bepul) muddat tugaganidan keyin qo'shiladi.

4.4. Obuna muddati tugagach, o'quvchining platformadan foydalanishi to'xtatiladi.

5. Pulni qaytarish

5.1. Agar to'langan obuna davri hali boshlanmagan bo'lsa (joriy muddat davom etayotgan bo'lsa), Buyurtmachining yozma murojaatiga ko'ra to'lov to'liq qaytariladi.

5.2. Boshlangan obuna davri uchun to'lov qaytarilmaydi, Ijrochi aybi bilan platforma 3 kundan ortiq ishlamay qolgan holatlar bundan mustasno.

5.3. Pul to'lov qilingan usul orqali, murojaat qabul qilinganidan keyin 10 ish kuni ichida qaytariladi.

6. Tomonlarning majburiyatlari

6.1. Ijrochi: platformaning uzluksiz ishlashini ta'minlashga harakat qiladi; texnik ishlar haqida oldindan xabar beradi; foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini himoya qiladi.

6.2. Buyurtmachi va o'quvchi: hisob parolini boshqalarga bermaydi; platforma materiallarini tarqatmaydi, nusxalab sotmaydi; test topshiriqlarini mustaqil bajaradi.

6.3. Platformadagi o'quv materiallari mualliflik huquqi bilan himoyalangan va faqat shaxsiy o'qish uchun foydalanilishi mumkin.

7. Shaxsiy ma'lumotlar

7.1. Ijrochi foydalanuvchilarning F.I.Sh., telefon raqami, o'quv natijalari va xabarlarini faqat xizmat ko'rsatish maqsadida qayta ishlaydi va «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonun talablariga rioya qiladi.

7.2. Ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda saqlanadi.

7.3. Ma'lumotlar uchinchi shaxslarga berilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar va to'lov tizimlariga to'lovni amalga oshirish uchun zarur ma'lumotlar bundan mustasno. Ota-ona farzandining natijalarini ko'radi.

8. Javobgarlik va nizolar

8.1. Ijrochi internet aloqasi, to'lov tizimlari yoki foydalanuvchi qurilmasidagi nosozliklar sababli yuzaga kelgan muammolar uchun javobgar emas.

8.2. Nizolar muzokara yo'li bilan hal qilinadi; kelishuvga erishilmasa — O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sudda ko'riladi.

9. Amal qilish muddati

9.1. Oferta platformada e'lon qilingan paytdan kuchga kiradi. Ijrochi oferta matnini o'zgartirishi mumkin; yangi matn e'lon qilingan kundan kuchga kiradi va allaqachon to'langan obunaning narxi va muddatini o'zgartirmaydi.

10. Ijrochi rekvizitlari

YaTT
Bo'riyev Xurshidbek O'ktamjonovich
STIR
519801773
Manzil
Andijon viloyati, Marhamat tumani, Gar-gar MFY, Tadbirkor ko'chasi, 132-uy
Hisob raqami
20218000905362073001
Bank
Milliy bank Marhamat filiali, MFO 00955
Telefon
+998 99 100 21 87
Email
boriyevxurshidbek@gmail.com